價格:免費
更新日期:2018-04-28
檔案大小:3.4M
目前版本:1.0
版本需求:Android 4.0 以上版本
官方網站:http://webspektr.uz
Email:webspektr.uz@gmail.com
聯絡地址:隱私權政策
Oxirgi paytlarda qaynona va kelin munosabatlari yomonlashib, bu janjallar xatto o‘g‘il bilan kelinning orasiga sovuqchilik tushirib, ajralishlarga sabab bo‘lmoqda.
Eng yomoni, bu kelishmovchiliklar oqibatida, farzandlar yetim bo‘lib qolmoqdalar. Shunday qaynonalar uchrayaptiki, o‘g‘liga aql-farosatli, sog‘lom, imonli kelinni orzu qilish o‘rniga birinchi o‘ringa kelin olib keladigan mol-dunyosiga, qudalar bilan bo‘ladigan oldi-berdilarga o‘ch bo‘lib bormoqdalar. Kelinlariga mehr berib, kamchiliklarini bosiqlik, nasihat yo‘li bilan tushuntirish o‘rniga, o‘g‘illariga oshirib, yomonlab, o‘g‘il va kelinlari orasiga sovuqchilik tushishiga sabab bo‘lmoqdalar. Qaynonalikning ishi og‘ir, sabr-toqatni talab qiladigan vazifadir.
Chunki uni tug‘ib, mehr berib o‘stirgan o‘g‘liga o‘zga bir xonadonda, begona bir muhitda o‘sgan qizni o‘z oila a’zosiga, o‘z bolasiga aylanishi uchun, o‘g‘li bilan baxtli-saodatli hayot kechirishi uchun, qaynonadan ancha mehr-muhabbat, sabr va kechirimlilik talab qilinadi. Qarilarimiz, kelin olish oson, qaynona bo‘lish qiyin, deyishgan. Yana, ayol kishining qandayligini bilmoqchi bo‘lsang, kelin qilganda ko‘r, deyishgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Sizlar komil musulmon bo‘lmaguningizcha jannatga kira olmaysizlar. Komil musulmon bo‘lish uchun esa, bir-biringizga mehr qo‘ymog‘ingiz shart”, deganlar.